Shakllar
Kim javob bera oladi: parol, takliflar, domenlar
Shaklni parol bilan himoyalang, shaxsiy havolalar yuboring yoki email domenlarini cheklang.
Shakl muharririda qalqon belgisini bosib «Kirish» sahifasini oching. Sozlamalar nashr qilmasdan darhol kuchga kiradi.
Parol
Respondent savollarni koʻrishdan oldin parolni kiritadi. Parol 12 soat davomida shu brauzerda eslab qolinadi.
Faqat taklif bilan
Har bir odam uchun shaxsiy havola yarating — har biri bitta javob uchun. Email manzillarga havola avtomatik yuboriladi. Bunday shakl tashkilotning ochiq sahifasida koʻrinmaydi.
Email domenlari
Masalan, faqat tuit.uz manzillaridan javob qabul qilish uchun domenni kiriting. Boshqa manzillar rad etiladi.
Shu mavzuda yana
Savollar qoldimi? Yozing: support@zetform.uz