Foydalanish shartlari

Yangilangan: 2026-yil 27-oktabr

Yopiq beta uchun qoralama. ZetForm hamma uchun ochilishidan oldin matnni yurist koʻrib chiqadi.

Bu shartlar ZetFormdan foydalanadigan barchaga tegishli: shakl yaratadigan tashkilotlar, ularning xodimlari va shakllarni toʻldiradigan odamlar.

1. Xizmat

ZetForm tashkilotlarga shakl yaratish, ularni oʻz manzilida eʼlon qilish va javoblar yigʻish imkonini beradi. Yopiq beta davrida xizmat bepul va yaxshilanib borishi bilan oʻzgarishi mumkin.

2. Akkauntingiz

Parolingizni sir saqlang va ikki bosqichli tekshiruv yoki kirish kalitidan foydalaning. Akkauntingizda va siz boshqaradigan tashkilotlarda boʻladigan ishlarga siz javobgarsiz.

3. Ruxsat etilgan foydalanish

ZetFormdan fishing (parol, karta maʼlumotlari yoki boshqa sirlarni aldab olish), spam, firibgarlik, noqonuniy yoki zararli kontent uchun foydalanmang. Qoidabuzarlik uchun shaklni yopishimiz, tashkilotni toʻxtatishimiz yoki akkauntni bloklashimiz mumkin; «Shikoyat qilish» orqali kelgan har bir shikoyatni koʻrib chiqamiz.

4. Kontentingiz va respondentlar maʼlumotlari

Shakllar va javoblar sizga tegishli. Nimani yigʻishni siz hal qilasiz va buning qonuniy asosi, jumladan qonun talab qilganda rozilik boʻlishi kerak. ZetForm javoblarni faqat sizga xizmat koʻrsatish uchun qayta ishlaydi.

5. Ishlash

ZetForm barqaror ishlashi va maʼlumotlar xavfsiz boʻlishi uchun zaxira nusxalar va monitoringdan foydalanamiz. Beta davrida xizmat «boricha», uzluksiz ishlash kafolatisiz taqdim etiladi.

6. Tugatish

ZetFormdan foydalanishni toʻxtatib, maʼlumotlarni istalgan vaqtda eksport qilishingiz mumkin. Beta tugashi yoki pullik tariflar joriy etilishidan kamida 30 kun oldin ogohlantiramiz.

7. Huquq va aloqa

Shartlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Savollar: support@zetform.uz.